Laboratoriya

«O'ZERAE CLIMATE CONTROL» MChJ shaklidagi qo’shma korxonasining sinov-o'lchash laboratoriyasi
«O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi akkreditatsiya markazi»
Davlat unitar korxonasi tomonidan akkreditatsiya qilingan va 23.11.2018 yil sanasidagi №UZ-AN TL.0027 (UZ.AMT.07.MAI.1186) ro’yhatga olish raqami bilan «Akkreditatsiya guvohnomasi» oldi. O'z Dst ISO / IEC 17025: 2007 milliy akkreditatsiya tizimining talablariga javob beradi.
 
Sinov-o'lchash laboratoriyasini akkreditlash doirasi quyidagilarni o'z ichiga oladi:
 
1. EDS-T-7627 standartiga muvofiq yuqori haroratda iqlimiy qarshiligini aniqlash;
 
2. EDS-T-7005 standartiga muvofiq yuqori namlikda avtomobil qismlarining atrof muhitga barqarorligini aniqlash;
 
3. Tashqi ko'rinishi, umumiy o'lchamlari (geometrik), vazn:
- Ts22838117-001: 2014 tashkilot standarti 6.1 va 6.2 bandlariga muvofiq;
- Ts22838117-002: 2018 tashkilot standarti 7.1 bandiga muvofiq;
- EDS-T-7611 standartiga muvofiq;
- ГОСТ 29329 standartiga muvoviq.
 
4. Qobirg’a qismlarini o'lchamlari, choklari va boshqa kichik o’lchamdagi chiziqli va burchak o'lchovlarini o'lchash:
- Ts22838117-002:2018 tashkilot standarti 7.9 bandiga muvofiq;
- EDS-T-7127 standartiga muvofiq;
- GMW 14058 standartiga muvofiq.
 
5. Qobirg’alarni yoriqlarga bardoshliligini tekshirish:
- Ts22838117-001:2014 tashkilot standarti 6.5.1 bandiga muvofiq;
- Ts22838117-002:2018 tashkilot standarti 7.7 bandiga muvofiq.
 
Sinov va o'lchov laboratoriyasi tomonidan o'lchash tizimlarini (MSA) tahlil qilish uslubi joriy etilgan bo’lib, uning o’tkazilish davriyligi quyidagicha:
1. Yangi loyihalar davrida;
2. Sifat bo’yicha muammolar aniqlanganda;
3. Mahsulotning asosiy xususiyatlarini nazorat qiluvchi o'lchov vositalarI uchun yiliga 2 marta.
Asosiy iste’molchi «GM Uzbekistan» AJ ning talabiga binoan BIQS tizimi joriy etildi.
ISO 9001: 2015, IATF 16949: 2016 xalqaro standartlari talablariga muvofiq sifat menejmenti tizimi joriy etildi.

 

Mahsulot O'lchash asbobi / jihozi Rasm Spesifikatsiyasi Ishlab chiqaruvchi  Qo'llash
1 Hamma mahsulot Ikki o'lchamli vizual o'lchash mashinasi (VMM-3020) - Vizual o'lcham qo'lami:  X,Y 300 x 200 mm
- Mikroskop og'irligi 200 kg
- O'lchami: 770x590x1000
-X,Y-o'qi aniqligi: (3+L/200) um
INNO-TECH CORPORATION
Koreya
Detallarni mikroskopik o'lchamlarini o'lchash 
2 Hamma mahsulot Yuqori/past haroratga va namlikka sinovchi kamera - Quvvati: 8 kW, 10A
- Kamera sig'imi: 1000x1000x1000 mm
- Harorat diapazoni:
-40~150 °C
- Namlik diapazoni: 20%R.H.~98%R.H
KOMEG Technology Ind Co., Ltd
Xitoy
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni issiqqa, sovuqqa va namlikka sinash
3 Hamma mahsulot Dinamometr kalitlarni tekshiruvchi asbob  - Ko'lami: 10~100 Nm
- Aniqligi: ±2%
- Gabariti: 487x257x193 mm
TOHNICHI
Yaponiya
Dinamometr kalitlarni kalibratsiya qilib tekshirish
4 Hamma modellar Radiator, Kondensor, isitgich  Yorilishga sinovchi kamera - Quvvati: 5 kwh
- Маk. bosim: 35 MPa
- Kamera sig'imi: 900x800x500 mm
KDAC
Koreya
Qobirg'alarni suv bosimi ostida yorilishga sinash 
5 Hamma mahsulot Raqamli balandlik o'lchagich (shtangenreysmus)  - Ko'lami: 0~1000, 0~600, 0~300 mm Mitutoyo
Yaponiya
Detallarni balandliklarini o'lchash
6 Hamma mahsulot Balandlik o'lchagich 
(shtangenreysmus)
- Ko'lami: 0~1000, 0~600, 0~300 mm Mitutoyo
Yaponiya
Detallarni balandliklarini o'lchash
7 Hamma mahsulot O'lchash plitasi  - Ko'lami: 1000x750x201 ZUNWOO
Koreya
Detallarni o'lchashda asos sifatida ishlatish
8 Hamma mahsulot Shtangensirkul  - Ko'lami: 0~200, 0~300, 0~600, 0~1000 Mitutoyo
Yaponiya
Detallarni balandliklarini o'lchash
9 Hamma mahsulot Mikrometr - Ko'lami: 0~25, 25~50 Mitutoyo
Yaponiya
Detallarning kichik o'lchamlarini va qalinliklarini o'lchash
10 Hamma mahsulot Dinamometrik kalit  - Ko'lami: 15-25 Nm
15-25 Nm
15-25 Nm
0-6 Nm
Tohnichi
Yaponiya
Aylanish momenti kuchini o'lchash
11 Hamma mahsulot Richag - tishli indikator - Ko'lami:
0-0,2 mm
0-0,4 mm
Mitutoyo
Yaponiya
Chuqurlik va notekisliklarini o'lchash
12 Hamma mahsulot Radiusli shablon - Ko'lami:
1,0-7,0 mm
15,5-25 mm
7,5-15,0 mm
Mitutoyo
Yaponiya
Botiq va qabariq yuzalar radiuslarini o'lchash
ButtonLogin